Fanni o‘qitishdan maqsad xar tomonlama kamol topgan shaxs bo‘lib etishiga ko‘maklashish, jismoniy rivojlanishini va salomatligini mustaxkamlash, qo‘lga kiritilgan yutuqlarini tajribada o‘rganish, mintaqaviy va milliy sport turlarini bilishi,umumiy va tibbiy madaniyatini rivojlantirish, odamni individual salomatligi xaqidagi, odam organizimidagi kasallik xamda salomatlik xolatlari uchun xos bo‘lgan ko‘rsatkichlarni, odvamni salomatligini saqlash, kasallikni oldini olish yo‘llarini,aynan sog‘likni saqlash jismoniy tarbiya vositalari va usullarini o‘rgatishni tashkil etish va tanishtirishdan iborat.
         Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, xodisa va jarayonlarga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.
         Fan bo‘yicha talabalarning bilim,ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
         -Jismoniy xolat, sport turlari, umumjismoniy tayyorgarlik, salomatlik va tibbiy madaniyat to‘g‘risida tasavurrga ega bo‘lish:
         - jismoniy tarbiya va valeologiya asoslarini, qonunlari, tushunchalarini, sog‘lom turmush tarzini shakillantirish jarayonlarinig xususiyatlarini bilish va ulurdan foydalana olish:
         -  talaba jismoniy tarbiya va valeologiya asoslari jarayonlarini tahlil qilish usullarini qo‘llash, muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak.