Hurmatli talabalar sizlar bilan Jamoat salomatligi, sog`liqni saqlashni tashkil etish fanining navbatdagi Jamoat salomatligi bo`limi bilan o`zlashtiramiz.

 Kursni o’qitishdan maqsad–jamoat salomatligi, unga ta’sir etuvchi xavf omillari,aholi salomatligini saqlash, mustaxkamlash va qayta tiklashni ta’minlaydigan tizimi, tashkiliy-metodik, boshqaruv jarayoniga baho bera oladigan, aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini, sanitariya-gigienik va epidemiyaga qarshichora-tadbirlarni tashkil etish bo’yicha nazariy, ilmiy-amaliy va uslubiy bilimlarga ega bo’lgan mutaxassisni (vrach-gigienist, epidemiolog) tayyorlashdir.