Terapiya (yun. therapeia - davolash) — konservativ usullar: dori-darmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlimbalchiqmineral suvlarmassajelektr toki va boshqa fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh badantarbiyaparhez va boshqa yoʻllar) bilan davolash; ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki kasalliklar klinikasi, ichki a‘zolar kasalliklari, ularning paydo boʻlish sabablari (etiologiya), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), kasallikni aniqlash (diagnostika), davolash va oldini olish usullarini oʻrganuvchi klinik fan.