O‘zbek tili va xorijiy tillar
Tibbiyotda xorijiy til moduli bo’lajak tibbiyot mutaxassislari bo’lmish tibbiy biologik ish yo’nalishi talabalariga xorijiy til bo’yicha olgan bilimlarini qo’llab, tanlangan mutaxassislik bo’yicha chet tilida nashr etilgan kasbga oid ilmiy maqola va adabiyotlardan olingan mahlumotlarni tushunib va tahlil qilib o’zida kasbiy mahoratlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Modul dasturi O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo’nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan. Mazkur modul dasturi mavzulari tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichining klinik modullarning dastur mavzulari bilan uzviy bog’liq holda yaratiladi. Ko’rsatilgan standartlar asosida chet tillari bo’yicha tibbiyot ta’lim muassasi xususiyatlariga ehtibor bergan holda modul dasturini muntazam ravishda takomillashtirib borish maqsadga muvofiqdir.
- teacher: Irodaxon Iminaxunova
- Teacher: Alijon Anvarov
- Teacher: Irodaxon Iminaxunova