Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda chaqaloqlar, kichik va katta yoshdagi bolalarda keng tarqalgan, klassik va atipik ko’rinishdagi xirurgik patologiyalarga birlamchi tashxis qo’yish, asoratlarni aniqlash va oldini olish, ushbu kasaliklarni to’g’ri davolash bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifalari:

- O’rganilayotgan kasallikning etiologiyasi, patogenezi, klinik xususiyatlari, asoratlari bo’yicha bilimlarni shakllantirish.

–          O’rganilayotgan patologiyaning davolash tamoyillarini o’rgatish;

–          Ushbu kasalliklarni asosiy klinik, laborator va instrumental diagnostik ko’rsatkichlarini tahlil qilishni o’rgatish.

–          Anamnez yig’ish, klinik ko’ruv o’tkazish, tekshirish rejasini tuzish, taxminiy va yakuniy tashxis qo’yishni o’rgatish;

–          Kasallik tarixini to’ldirish, kundalik va epikriz yozishni o’rgatish;

–          Davolash taktikasini ishlab chiqish, xamda o’rganilayotgan patologiyani profilaktika chora tadbirlarini o’tkazish