Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi fanini o‘qitishdan maqsad - nazorat ostidagi ob’ektlarda davlat sanitariya nazorati olib borish uchun nazariy va amaliy tayyorgarlikni ta’minlash, mulkchilikning shakllaridan qat’iy nazar turli ta’lim muassasalarida Davlat sanitariya nazorati o‘tkazishda amaliy ko‘nikmalarni o‘rganish..

Fanni vazifasi:

- bolalar va o‘smirlar jamoasi salomatlik holati va jismoniy rivojlanishini o‘rganish  va taxlil qilish;

 -bolalar va o‘smirlar salomatlik holatiga tashqi muhit omillarini tasirini gigiyenik baholashni o‘rganish;

- bolalar va o‘smirlar muassasalarini loyihalashtirish, qurish va qayta qurishda davlat sanitariya nazorati olib borish, bolalar jihozlarini ishlab chiqarish ustidan davlat sanitariya nazorati olib borish;

- bolalar talim tarbiya sharoitini gigiyenik baholash;

- bolalar va o‘smirlar  muassasalarida xodimlar va tarbiyalanuvchilar  orasida sog‘lom turmush tarzini tashkillashtirish;


Ovqatlanish, bolalar va o`smirlar gigienasi kafedrasi