Course info

Kurs davolash fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oilaviy shifokor amaliyotida bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Talabalar bolalarning yoshga xos xususiyatlari, o‘sishi va rivojlanishini baholash, ovqatlantirish asoslari, kasalliklarning oldini olish, profilaktik ko‘riklar o‘tkazish hamda emlashni tashkil etishni o‘rganadilar.
Kursda bolalarda keng uchraydigan kasalliklarni erta aniqlash, bolaning holatini baholash va bemorlarni ambulator sharoitda olib borish masalalari ko‘rib chiqiladi. Og‘ir holat belgilarini aniqlash, shoshilinch yordam ko‘rsatish hamda bolani o‘z vaqtida pediatrga yoki shifoxonaga yo‘naltirishga alohida e’tibor beriladi. Talabalar ota-onalarga bolani parvarishlash, ovqatlantirish va salomatligini saqlash bo‘yicha maslahat berishni ham o‘rganadilar.
- Teacher: Sardorbek Abdullayev
- Teacher: Yelena Axmedova
- Teacher: Rasuljon Shermatov